Karate WKF sport turi bo‘yicha musobaqa ko’tarinki ruhda o’tdi

Karate WKF sport turi bo‘yicha musobaqa ko’tarinki ruhda o’tdi

  • 20.01.2025
  • 375
Blog Image

Karate WKF sport turi bo‘yicha bolalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan "Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori kubogi" ochiq turniri bo‘yicha musobaqalar juda qizg‘in va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

 

Ishtirokchilarning musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rishgani ularning shijoatidan sezilib turdi. Sportchi bolalarni qo‘llab-quvvatlashga kelgan ota-onalar, talaba-yoshlar va mehmonlar musobaqa bahslarini katta hayajon bilan kuzatishdi.

 

So‘zga chiqqanlar musobaqa tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, ishtirokchilarga omad va zafarlar tilab qolishdi. Kumite bahslari halollik va shaffoflikka asoslangan holda, hakamlar nazorati ostida o‘tkazildi.

 

Musobaqa g‘oliblari universitet tomonidan, medal, diplom, pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.