14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida katta bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etib, Vatan himoyachilarining mehnatini e'zozlab, ularning xizmatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildirishdi.
Shuningdek, tadbirda armiyamizning mustahkamligi va yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashni aks ettiruvchi chiqishlar taqdim etildi.
Bayram tadbiri yuqori kayfiyatda, tantanali tarzda o‘tkazildi.