Men stipendiat bo‘laman

Bugun Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Men stipendiat bo‘laman” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminar davomida Rektor stipendiyasi hamda Nizomi nomli Davlat stipendiyalari, stipendiyalarni olish uchun zarur bo‘lgan malakalar, imtiyozlar va boshqa muhim jihatlar muhokama qilindi.
Ishtirokchilar o‘z salohiyatini qanday namoyon etish va ilmiy hamda ijtimoiy faoliyatda qanday muvaffaqiyatga erishish mumkinligi haqida foydali ma’lumotlar olishdi.
Shuningdek, seminarda talabalarga stipendiyani faqat moliyaviy yordam sifatida emas, balki ilmiy va ijtimoiy sohalarda faol ishtirok etishda katta ahamiyatga ega ekanligi tushuntirildi.