"Yurtim qadriyatlari" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari o'qishdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va milliy, madaniy hamda ma'naviy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etilgan "Yurtim qadriyatlari" ko'rik-tanlovida faol ishtirok etishdi.
Talabalar milliy kiyimlarni o'ziga xos tarzda taqdim etishib, she'rlar, qo'shiqlar va teatr sahnalari orqali qadriyatlarimizga bo'lgan mehr-muhabbatni ifodalashdi.
Tanlov yoshlarning milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirish, ijodiy salohiyatini namoyon qilish va o‘z bilimlarini boyitish uchun ajoyib maydon bo‘ldi.