TISU talabalari xalqaro olimpiada sovrindorlari

Samarqand davlat tibbiyot universitetida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "V Xalqaro olimpiada" bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, talabalarimiz ushbu olimpiadada munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:
Davolash ishi yo'nalishi 2-kurs talabasi Xolboyeva Mashhura Yoqutjon qizi – "Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya" fanidan 2-o‘rin
Davolash ishi yo'nalishi 3-kurs talabasi Turaqulov Nurmuhammad Abduraimovich – "Odam anatomiyasi" fanidan 3-o‘rin
Stomatologiya yo'nalishi 3-kurs talabasi Nazarova Ibodat Hasanovna – "Patologik anatomiya" fanidan 3-o‘rin
Davolash ishi yo'nalishi 1-kurs talabasi O‘rolova Shabnam Muhammadiyevna – "Tibbiy biologiya va umumiy genetika" fanidan 3-o‘rin
Davolash ishi yo'nalishi 2-kurs talabasi Tursunova Shahnoza Hamro qizi "Biokimyo" fanidan 3-o'rin
Shuningdek, 20 dan ortiq talabalarimiz turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.