“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yillik bayrami munosabati bilan talabalar va magistrlar o‘rtasida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovga universitetda tahsil oluvchi 36 nafar talaba o‘z maqolalari bilan ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin - Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Xudoyberdiyev Elbek Eshmamatovich,
2-o‘rin - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Abdunazarova Nazira Dilshod qizi,
3-o‘rin - Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Saydullayeva Maftuna Azamat qizi.
G‘oliblar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.