"Ma'rifat karvoni" loyihasi doirasida anjuman o‘tkazildi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida "Ma'rifat karvoni" loyihasi doirasida "Yangi O'zbekiston - islohotlar falsafasi" mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Unda targ'ibot guruhi a'zolari so‘zga chiqib, Yangi O'zbekiston yoshlar mamlakati ekanligini ta'kidlab, aynan, yoshlar masalasida yurtimizda salmoqli ishlar olib borilayotganini ta'kidladilar.
Mehmonlar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga ilmiy va hayotiy misollar orqali javob berdilar.