TISU talabalari Toshkentdagi “Adiblar xiyoboni” bilan tanishdi

Universitetdagi bir guruh faol va iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan sayohatda yoshlar xiyobondagi 24 nafar shoir-yozuvchilarning mis va bronzadan quyilgan haykallarini tomosha qilishdi.
G'afur G'ulom, Erkin Vohidov va Abdulla Oripov, Abdulla Qahhor kabi buyuk shoir-yozuvchilar siymosi o‘ziga xos tarzda aks etgan bo‘lib, ular atrofidagi soʻlim bogʻchalar, kishi ta'bini quvontiradigan anvoyi gullar talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.