Xitoydagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti vakillari Xitoy Xalq respublikasida "Chinese bridge" tadbirida ishtirok etib, u yerdagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida muzokaralar olib borishmoqda.
Xususan, Pekin texnologiya universitetining Gegdan instituti bilan anglashuv memorandumi imzolanib, ikkala oliygoh o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini riivojlantirish, jumladan TISU professor-o'qituvchilari va talabalari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etish va boshqa o‘quv hamda ilmiy dasturlarda hamkorlik qilishga kelishildi.