TISUda “Zakovat” intellektual o‘yini o'tkazildi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo'lib o'tdi.
Unda talaba-yoshlardan iborat 9 ta jamoa ishtirok etdi. Tanlov ishtirokchilari keltirilgan turli xil savollarga juda faol bo'lib, aniqlik bilan javob berishdi.
Unga ko‘ra jamoalar quyidagi o'rinlarni egallashdi:
1. Axborot tizimlari va texnologiyalari yo'nalishi jamoasi
2. Davolash ishi yo'nalishi jamoasi
3. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo'nalishi jamoasi