Yaponiyalik professor Ryota Saito TISU talabalariga dars o‘tdi
Yaponiyaning Jansen Bisness Assotsiatsiyasi tadqiqotchisi, professor Ryota SAITO Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rahbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida universitetning mazkur tashkilot bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, professor Ryota SAITO universitetning xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi talabalariga "Xalqaro savdoda logistika muammolari" mavzusida maʼruza o‘qidi.