Hashar - elga yarashar

Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib an’ana bor. Bu odat yillar o‘tsaki, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Boisi hasharda xalqimizning birligi, ahilligi namoyon bo‘ladi.
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan 24-25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari deb e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan universitetimizda ham yon-atroflar tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Hudud atrofi chiqindilardan tozalandi. Umumxalq xayriya hasharida universitet ishchi-xodimlari faol ishtirok etishdi.
Yurtimizni obod qilishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!