O‘qituvchilarimiz Chexiyadagi Tabiiy fanlar universitetida

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti professor-o’qituvchilari Chexiyadagi Tabiiy fanlar universitetida iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mansoor Maitahning ilmiy maqolalar tayyorlash va chop etish, xalqaro ilmiy loyihalarida ishtirok etishga oid seminar darsini tinglashdi.
Shuningdek, universitetda ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va talabalar dala amailyotini o’tash uchun mazkur muassasada yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.