TISUda talabalar o'rtasida „Milliy kurash" musobaqasi yakunlandi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba-yoshlar o'rtasida sportning "Milliy kurash" turi bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasi o'tkazildi. Musobaqa ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar dars jarayonidagi mahoratlari bilan cheklanib qolmaganliklarini ko'rsatib professional tarzda ishtirok etishdi.
Yakunda g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalar universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanishdi.
G'alaba muborak!