TISUda Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo'lib o'tdi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti va Tibbiyot fakulteti talabalari ishtirokida buyuk shoir va mutafakkir hazrat Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan g’azal va sahna ko’rinishlari tomoshabinlarni xushnud etdi. Tadbir so’ngida faol talabalar diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.