Rektor stipendiyasi sohibasi - Norquvatova Diyora Davron qizi

Norquvatova Diyora Davron qizi - 2005-yil Angor tumanida tug‘ilgan. Angor tumanidagi ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan. Tabiatan o‘ta faol va intiluvchan bo‘lgan Diyora maktab davridan matematika fanini katta qiziqish bilan o‘rgangan. Ko‘plab fan olimpiadalarida faol ishtirok etgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
● Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Talabalarining 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan 2-an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”sida oʻz maqolasi bilan faol ishtirok etgan;
● “Zakovat” imtellektual o‘yinining faol ishtirokchisi;
● Universitet miqyosida tashkil etilgan tadbir va tanlovlarda faol qatnashib, ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
● Universitet miqyosida o‘tkazilgan fanlar olimpiadasida matematika fanidan faxrli 2-o‘rinni egallagan;
● 3 ta ilmiy maqolasi mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibasiga aylandi. Diyora o‘zining iqtidori va namunali xulqi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.