Rektor stipendiyasi sohibasi - Normurodova Saodat Musurmon qizi

Normurodova Saodat Musurmon qizi- 2005-yil Termiz tumanida tug‘ilgan. Termiz tumanidagi 5-sonli umum taʼlim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Tabiatan o‘ta faol va intiluvchan bo‘lgan Saodat maktab davridan ona tili, matematika va biologiya fanlarini katta qiziqish bilan o‘rgangan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
● Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Talabalarining 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan 2-an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”sida oʻz maqolasi bilan faol ishtirok etgan;
● 2023-yil 8-mart Xalqaro xotin- qizlar kuni munosabati bilan universitet miqyosida oʻtkazilgan “Balli qizlar” koʻrik-tanlovida faxrli 2-oʻrinni egallagan;
● 2023-yilda universitet miqyosida o‘tkazilgan fakultetlar aro “Quvnoqlar va Zukkolar” koʻrik-tanlovida “Surxon” jamoasi aʼzosi sifatida faxrli 1-oʻrin, universitet bosqichida esa faxrli 2-oʻrinni egallagan va diplom bilan taqdirlangan;
● “Zakovat” intellektual o‘yinining faol ishtirokchisi.
● 2023-yilda Matematika va sinfdan tashqari oʻqish fanidan eʼlon qilingan “Matematik matbuot” mavzusida o‘tkazilgan tanlovda oʻz jurnali bilan qatnashib faxrli 3-oʻrinni egallagan;
● Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusidagi insholar tanlovida faol ishtirok etgan;
● Universitet miqyosida o‘tkazilgan “Zakovat “intellektual oʻyinida qatnashib faxrli 3-oʻrinni egallagan;
● Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
● 12 ga yaqin ilmiy maqolalari mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibasiga aylandi. Kelgusida shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.