Rektor stipendiyasi sohibasi - Mamatmo‘minova Nigora Murodilla qizi

Rektor stipendiyasi sohibasi - Mamatmo‘minova Nigora Murodilla qizi

  • 10.03.2025
  • 36
Blog Image

Mamatmo‘minova Nigora Murodilla qizi - 2002-yil Uzun tumanida tug‘ilgan. Uzun tumanidagi 20-umum ta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Tabiatan juda faol va izlanuvchan bo‘lgan Nigora maktab davridan ko‘plab ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etgan.

 

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

 

• 2023-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag'ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”da o‘z maqolasi bilan faol ishtirok etib, faxrli diplom bilan taqdirlangan;

 

• 6 ga yaqin ilmiy maqola va tezislari xalqaro va mahalliy nashrlarda chop etilgan;

 

• Xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi;

 

Universitet miqyosida tashkil etilgan tadbir va tanlovlarda faol qatnashib, ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

 

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.

 

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Nigora o‘zining iqtidori va namunali xulqi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.