Rektor stipendiyasi sohibasi - Suyunova Aziza Xidir qizi

Rektor stipendiyasi sohibasi - Suyunova Aziza Xidir qizi

  • 06.03.2025
  • 35
Blog Image

Suyunova Aziza Xidir qizi - 2004-yil Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Jarqo‘rg‘on tumanidagi 61-sonli umum taʼlim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Maktab davridan tabiiy fanlarga qiziqishi baland bo‘lgan. Viloyat miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab fan olimpiadalarida faol ishtirok etgan.

 

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

 

• 2023-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”da o‘z ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etib, faxrli o‘rinni egallagan;

 

• 2024-yilda “Samarqand-2020” V Xalqaro tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari olimpiadasida onlayn ishtirok etib, faxrli oʻrinni egallagan;

 

• Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;

 

• 5 ta maqola va 3 ta tezisi mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan;

 

• “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan uchinchi Renessansgacha” IV xalqaro talabalar olimpiadasida faol qatnashib sertifikat bilan taqdirlangan;

 

• “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” ko‘rik-tanlovida qatnashib faxrli 1-o‘rinni egallagan;

 

• 2024-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”da o‘z ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egallagan.

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Tibbiyot fakulteti stomatologiya yo‘nalishining 3-bosqichida tahsil oladi.

 

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.