Rektor stipendiyasi sohibasi - Xolmamatova Risolat Bahodir qizi

Rektor stipendiyasi sohibasi - Xolmamatova Risolat Bahodir qizi

  • 05.03.2025
  • 40
Blog Image

Xolmamatova Risolat Bahodir qizi - 2003-yil Sherobod tumanida tug‘ilgan. Sherobod tumanidagi 26-sonli umum ta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Tabiatan juda intiluvchan va izlanuvchan bo‘lgan Risolat maktab davridan ko‘plab ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etgan.

 

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

 

• 2021-yil “Yil sardori” ko‘rik-tanlovining tuman(shahar) bosqichida qatnashib faxrli 1- o‘rinni egallagan;

 

• 2023-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag'ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”da o‘z maqolasi bilan faol ishtirok etib, faxrli diplom bilan taqdirlangan;

 

• 2024-yil Universitet miqyosida tashkil etilgan “Surxon Barchinoylari” ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egallagan;

 

• 2025-yil Universitet miqyosida tashkil etilgan “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” mavzusida bo‘lib o‘tgan insholar tanlovida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan;

 

• Ko‘plab ilmiy maqola va tezislar muallifi;

 

• Ingliz tilidan CEFR (B2) sertifikatiga ega;

 

• Xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi;

 

Universitetda tashkil etilgan tadbir va tanlovlarda faol qatnashib, ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

 

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.

 

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Risolat o‘zining iqtidori va namunali xulqi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.