Rektor stipendiyasi sohibi - To‘ychiyev Hakim Hukimovich

Rektor stipendiyasi sohibi - To‘ychiyev Hakim Hukimovich

  • 04.03.2025
  • 27
Blog Image

To‘ychiyev Hakim Hukimovich - 1999-yil Denov tumanida tug‘ilgan. Denov tumanidagi 62- sonli umum ta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Bolaligidan shifokor bo‘lishga qizqqan. Maktabni a’lo baholarga tamomlab, Tibbiyot kollejida o‘qishini davom ettirgan.

 

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

 

· 2023-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari”da o‘z ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etgan;

 

· 2024-yilda “Samarqand-2020” V Xalqaro tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari olimpiadasida onlayn ishtirok etib, faxrli oʻrinni egallagan;

 

· 6 ta ilmiy maqolasi xalqaro jurnallarda chop etilgan;

 

· Ko‘plab xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi;

 

· “Zakovat” intellaktual o‘yinining faol ishtirokchisi;

 

· Universitet miqyosida tashkil etilgan tadbir va tanlovlarda faol qatnashib, ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Tibbiyot fakulteti, davolash ishi yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil olmoqda.

 

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibiga aylandi. Kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.