Rektor stipendiyasi sohibasi - Qurboniyozova Mardona Fayzulla qizi

Rektor stipendiyasi sohibasi - Qurboniyozova Mardona Fayzulla qizi

  • 03.03.2025
  • 41
Blog Image

Qurboniyozova Mardona Fayzulla qizi - 2004-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida tug‘ilgan. Beruniy tumanidagi 22-sonli umum taʼlim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Mardona tabiatan juda faol va tirishqoq qiz bo’lgan.

 

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

 

· 2024-yilda boʻlib oʻtgan “XXI asrda Innovatsion texnologiyalar, fan va ta’lim taraqqiyotidagi dolzarb muammolar” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida o’z maqolasi bilan faol ishtirok etgan;

 

· 5 ta ilmiy maqolasi mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan;

 

· Xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi;

 

· “Zakovat” intellaktual o’yinining faol ishtirokchisi;

 

· Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqichida tahsil oladi.

 

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibasiga aylandi. Kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.