Rektor stipendiyasi sohibi - Qurbonmurodov Behruz Abduhakimovich

Rektor stipendiyasi sohibi - Qurbonmurodov Behruz Abduhakimovich

  • 28.02.2025
  • 44
Blog Image

Qurbonmurodov Behruz Abduhakimovich - 2004-yil Termiz shahrida tug‘ilgan. Termiz shahridagi 3-sonli umum ta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Tabiatan juda faol va izlanuvchan bo‘lgan Behruz maktab davridan xorijiy tillar xususan, ingiliz tili fanidan ko’plab fan olimpiadalarida ishtirok etib, faxrli o’rinlarni egallagan.

 

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

 

• 2023-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari”da o’z ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etgan;

 

• Ingiliz tilidan IELTS (7.0) sertifikatiga ega;

 

• 2 ta ilmiy maqolasi xalqaro va mahalliy jurnallarda chop etilgan;

 

• Ko‘plab xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi;

 

• O’qish davrida Turkiya davlatidagi nufuzli oliy o'quv yurtlarida tajriba oshirib kelgan;

 

Universitet miqyosida tashkil etilgan tadbir va tanlovlarda faol qatnashib, ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Tibbiyot fakulteti stomatologiya yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil olmoqda.

 

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibiga aylandi. Behruz o‘zining iqtidori va namunali xulqi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.