Rektor stipendiyasi sohibasi - Abdunazarova Nazira Dilshod qizi

Abdunazarova Nazira Dilshod qizi - 2004-yil Denov tumanida tug‘ilgan. Denov tumanidagi 97-sonli umum taʼlim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Tabiatan tirishqoq va intiluvchan bo‘lgan Nazira maktab davridan adabiyot, she’riyat va xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishi baland bo‘lgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
· Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Talabalarining 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan 2-an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”sida faol ishtiroki uchun I darajali diplom bilan taqdirlangan;
· O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34-yilligiga bag‘ishlangan “Tariximisan taqdirimsan ona tilim” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovida faxrli I o‘rinni egallagan;
· 2023-2024-o‘quv yilida 8-dekabr “Konstitutsiya kuni”ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyasida o‘z maqolasi bilan qatnashib faol ishtirok etgan;
· 2023-yilda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o‘tkazilgan “Zakovat” imtellektual o‘yinida faxrli I o‘rinni egallagan;
· 2024-yilda Termiz iqtisodiyot va servis unversitetida “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining unversitet bosqichida faol ishtirok etib, ikkinchi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan;
· 2024-yilda “Marifat maydoni” ko‘rik tanlovining hududiy bosqichida Termiz iqtisodiyot va servis unversitetining “Matonat” jamoasi a’zosi sifatida faxirli III o‘rinni egallagan;
· Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusidagi ko‘rik-tanlovda “Eng yaxshi insholar” yo‘nalishida faxrli III o‘rinni egallagan;
· Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o‘tkazilgan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovida faxrli II o‘rinni egallagan;
· Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘tkazilgan insholar tanlovida faxrli II o‘rinni egallagan;
· Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatga ega;
· Ibrat Academy tomonidan taqdim etilgan yapon tili (4-darajali) sertifikatga ega;
· Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
· 15 ga yaqin ilmiy maqolalari mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibasiga aylandi. Kelgusida shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.