Rektor stipendiyasi sohibasi - Abdullayeva Iroda Bunyod qizi

Rektor stipendiyasi sohibasi - Abdullayeva Iroda Bunyod qizi

  • 27.02.2025
  • 30
Blog Image

Abdullayeva Iroda Bunyod qizi - 2005-yil Bandixon tumanida tug‘ilgan. Bandixon tumanidagi 43-sonli umum taʼlim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Iroda tabiatan juda faol va iqtidorli bo‘lgan. Maktab davridan tabiiy fanlarga qiziqishi baland bo‘lib, viloyat miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab fan olimpiadalarida faol ishtirok etgan.

 

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

 

· 2024-yilda boʻlib oʻtgan “XXI asrda Innovatsion texnologiyalar, fan va ta’lim taraqqiyotidagi dolzarb muammolar” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Irsiy kasalliklar va ularni oldini olish chora tadbirlari” nomli maqolasi bilan faol ishtirok etgan;

 

· 2024-yilda boʻlib oʻtgan “XXI asrda Innovatsion texnologiyalar, fan va ta’lim taraqqiyotidagi dolzarb muammolar” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “O‘rik daraxtining shifobaxsh xususiyatlari” nomli maqolasi bilan qatnashib faxrli oʻrinni egallagan;

 

 

· “Conference on Universal Science Research 2024” ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtirok etgan;

 

· 10 ga yaqin ilmiy maqolalari mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan;

 

· 2024-yilda “Samarqand-2020” V Xalqaro tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari olimpiadasida onlayn ishtirok etib, faxrli oʻrinni egallagan;

 

· Xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi;

 

· Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Tibbiyot fakulteti davolash ishi yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.

 

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibasiga aylandi. Kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.