Rektor stipendiyasi sohibasi - Abdushukurova Sevinch Akramjonovna

Abdushukurova Sevinch Akramjonovna - 2006-yil Termiz shahrida tug‘ilgan. Termiz shahridagi 3-sonli umum taʼlim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Tabiatan o‘ta tirishqoq va izlanuvchan bo‘lgan Sevich maktab davridan xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishi baland bo‘lgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
• 2023-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”da o‘z ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etib, faxrli diplom bilan taqdirlangan;
• Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
• Ingiliz tilidan CEFR (B1) sertifikatiga ega;
• 7 ta ilmiy maqolasi mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan;
• Xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibasiga aylandi. Sevinch kelgusida bundanda yuqori cho‘qqilarni zabt etishiga ishonamiz.