Rektor stipendiyasi sohibasi - Po'latova Lola O‘ktamovna

Po'latova Lola O‘ktamovna - 2004-yil Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan. Sho‘rchi tumanidagi 9-sonli umum taʼlim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Maktab davridan tabiiy fanlarga qiziqishi baland bo‘lgan. Viloyat miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab fan olimpiadalarida faol ishtirok etgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
• 2023-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”da o‘z ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etib, faxrli 1- o‘rinni egallagan;
• Ingiliz tilidan IELTS va CEFR sertifikatiga ega;
• Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
• 7 ta ilmiy maqola va 5 ta tezisi mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan;
• O‘qish davrida Turkiya davlatidagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tajriba oshirib kelgan;
• Xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Tibbiyot fakulteti davolash ishi yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.