Rektor stipendiyasi sohibasi - Ergasheva Dilnoza Anvar qizi

Ergasheva Dilnoza Anvar qizi - 2005-yil Sherobod tumanida tug‘ilgan. Termiz tumanidagi 34-sonli umumtaʼlim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Maktab davridan xorijiy tillarni xususan, rus va ingiliz tillarini o’rganishni boshlagan. Viloyat miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab fan olimpiadalarida faol ishtirok etgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
• 2023-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag'ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”da o‘z ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etib, faxrli diplom bilan taqdirlangan;
• Ingiliz tilidan sertifikat (B2) ga ega;
• Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
• 4 ta ilmiy maqolasi mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan;
• Xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.