Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori
Ergasheva Dilnoza Anvar qizi - Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori
2005-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Dilnoza Ergasheva bugungi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetining iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi sifatida tahsil olmoqda.
Hozirga qadar uning 15 ta ilmiy maqolalari xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnallar hamda konferensiya to‘plamlarida chop etilgan. Universitetning bir qator tadbirlarida faol ishtiroki va fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirganligi bois 2024-2025- o‘quv yilida “Rektor stipendiyasi” tanlovida g‘olib bo‘lgan.
Shuningdek, “Beshta muhim tashabbus” doirasida universitetda o‘tkazilgan shaxmat va shashka, stol tennis sport musobaqalari hamda “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovida faxrli 1-o‘rinni egallagan. Shu bilan birga “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri”, “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘tkazilgan insholar tanlovi hamda “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovlarida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Dilnoza Ergasheva CEFR imtihonidan ingliz tili bo‘yicha B2 darajasiga ega.
Tirishqoqlik, mehnatsevarlik va qat’iyat — Dilnoza Ergashevaning muvaffaqiyat sari eltuvchi asosiy tamoyili sanaladi.