Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori

Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori

  • 10.02.2026
  • 21
Blog Image

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi sovrindori — Eshpo‘latova Shohsanam Farhodovna!

 

2004-yilda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan Shohsanam Eshpo‘latova bugungi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Jismoniy madaniyat ta'lim yo‘nalishida 3-bosqich talabasi sifatida tahsil olmoqda.

 

 Shohsanam sportning futbol turi bilan 12 yoshidan buyon muntazam shug‘ullanib keladi. U nafaqat sportda, balki ilmiy faoliyatda ham faol bo‘lib, hozirga qadar 10 ga yaqin ilmiy maqolalari respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli ilmiy jurnallar hamda konferensiya to‘plamlarida chop etilgan.

 

 Shuningdek, u “Surxon-W” ayollar futbol klubi a’zosi sifatida 11-raqam ostida to‘p surgan. Shohsanam “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stritbol bo‘yicha viloyat oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanidan o‘tkazilgan fan olimpiadasida hamda milliy kurash bo‘yicha  “Rektor kubogi” doirasida o'tkazilgan musobaqada 63 kg vazn toifasida g‘oliblikni qo'lga kiritgan.

 

Tirishqoqlik, mehnatsevarlik va qat’iyat — Shohsanam Farhodovnaning muvaffaqiyat sari eltuvchi asosiy tamoyillaridir.