Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori
Bugungi kunda Kiselyova Oksana Viktorovna Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetining Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili) yo‘nalishi 4-bosqich talabasi sifatida tahsil olmoqda.
Hozirga qadar uning 10 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnallar hamda konferensiya to‘plamlarida chop etilgan. 2023-yilda universitet tomonidan iqtidorli talaba deb topilib, Yevropaning Germaniya, Avstriya, Chexiya va Turkiya davlatlarida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib kelgan. Universitet miqyosida "Rus tili va adabiyoti" bo'yicha o'tkazilgan fan olimpiadasida faxrli 1-o'ringa sazovor bo'lgan. Shuningdek, u universitet rektorining imtiyozli stipendiyasi sovrindori hisoblanadi. Oksana Viktorovna rus tili bo'yicha C1 (ТРКИ-III) darajadagi xalqaro sertifikatga ega. Qolaversa, u universitetda o‘tkazilgan ko‘plab ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Bilimga chanqoqlik, mehnatsevarlik va qat’iyat — uning muvaffaqiyatlarining asosidir.