Bobur nomli davlat stipendiyasi sovrindori
Hozirgi kunda Durdona Doyimova Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetining Tarix ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi sifatida tahsil olmoqda.
Durdonaning hozirga qadar 10 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli ilmiy jurnallar hamda konferensiya to‘plamlarida chop etilgan. Shuningdek, 8-dekabr — “Konstitutsiya kuni”ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z maqolasi bilan ishtirok etib, faxrli o‘rinlardan birini qo‘lga kiritgan. Durdona Doyimova nafaqat ilm-fan sohasida, balki intellektual bellashuvlarda ham o‘zini namoyon eta olgan. Jumladan, 2023-yilda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida faxrli II o‘rinni egallagan. 2024-yilda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti "Rektori stipendiyasi" sohibasi bo‘lib, uning bilimga bo‘lgan intilishi va mehnatsevarligi munosib rag‘batlantirilgan.
Durdonaga kelgusida ilm-fan va ta’lim sohasida yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz!