Rektor stipendiyasi sohibasi - Shodiyeva Shaxroʻza Jovli qizi

Rektor stipendiyasi sohibasi - Shodiyeva Shaxroʻza Jovli qizi

  • 29.01.2026
  • 24
Blog Image

Shodiyeva Shaxroʻza Jovli qizi - 2004-yil Angor tumanida tug‘ilgan. Angor tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta'lim maktabini a'lo baholar va namunali xulq bilan tamomlagan. Maktab davridan Shaxro‘za adabiyot va sportga qiziqishi baland bo‘lgan.

 

Bugunga qadar erishgan yutuqlari:

  • Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalarining 2022-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan I-an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtiroki uchun II darajali diplom bilan taqdirlangan.
  • 2022-2023-o‘quv yillarida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o‘tkazilgan “Eng yaxshi insho” ko‘rik tanlovida faol ishtirok etib III o‘rinni egallagan.
  • 2023-yilda Universitetda o‘tkazilgan Samarqand Buxoroga sayohat talabalar ichidan tanlab olinib rahbariyat tomonidan berilgan yo‘llanma asosida borib kelgan.
  • 2023-yil TISU xabarnomasi nomli gazetada “Samarqand Buxoroga sayohat” nomli ilmiy ishi chop etildi.
  • 2022-2023- o‘quv yilining 30-mart kuni Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazilgan “Zukko kitobxon” tanlovida faol ishtirok etdi.
  • 2024-yilda 20-martda talaba-yoshlarning o‘rtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida o‘tkazilgan “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining unversitet bosqichida “Yosh filologlar” jamoasi bilan faol ishtirok etib, faxrli I o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2024-yilning 1-aprelida ushbu tanlovning viloyat bosqichida esa Termiz iqtisodiyot va servis universitetining “Matonat” terma jamoa a’zosi sifatida qatnashib III darajali diplom bilan taqdirlandi.
  • 2023-2024-o‘quv yili 14- fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda faol ishtirok etgan. 2023-2024-o‘quv yili 21-oktabr “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan” kun munosabati bilan Termiz iqtisodiyotva servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida “Tariximsan, taqdirimsan, ona tilim!” mavzusidagi insholar tanlovida faol ishtirok etdi.
  • Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ajdodlarimizning boy merosini o‘rganish, ularning millat taraqqiyoti yo‘lidagi fidoyiligini targ‘ib qilish va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” hamda “Jadidlar milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovida faol ishtirok etgan.
  • “NEW RENAISSANCE”, “MODERN SCIENCE AND RESEARCH” xalqaro ilmiy jurnallarida “SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIGIC RESEARCHE” polsha (Varshava) xalqaro ilmiy-onlayn konferensiyasida,«ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ» Xalqaro ilmiy jurnallarda ham o‘z maqola tezislarini nashr etttirishga muvaffaq bo‘lgan. 2024-yil 18-dekabrda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va milliy, madaniy hamda ma’naviy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etilgan “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovida faxrli I o‘rinni egallab viloyat bosqichiga yo‘l oldi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Ma’rifat maydoni” tanlovi doirasida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida fakultetlararo bellashuvda faol ishtirok etib faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdi. Hamda fakultetlararo saralashga qatnashib “Ma’rifat maydoni” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichini qo‘lga kiritdi va viloyat bosqichida faxrli I o‘rinni egalladi.
  • Termiz iqtisodiyot va servis universitetida fan olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu fan olimpiadasida qatnashib faxrli III o‘rinni qo‘lga kiritdi.
  • Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalarining 2025-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan III an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasida, “O‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligining dolzarb masalalari” sho‘basida faol ishtirok etib, bunda “Chet tilidagi ergonimlarning o‘zbek tiliga ta’siri” mavzusi uchun I darajali diplom bilan taqdirlangan.
  • 2023-yildan buyon hozirgi kungacha qator xorijiy va mahalliy jurnal va konferensiyalarda 20dan ziyod ilmiy maqolalar,badiy hikoyalar muallifi.

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Filologiya va tillarni oʻqitish oʻzbek tili yoʻnalishining 4-bosqich talabasi. Shaxroʻza unversitetning talabalar kengashi azosi, talabalar kordinatorlaridan biri va namunali guruh sardoridir.