Rektor stipendiyasi sohibasi - Shukurova Xayriniso Zokir qizi
Shukurova Xayriniso Zokir qizi - 1991-yil 25-avgust sanasida Termiz shahrida tug‘ilgan. U Termiz shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabini a’lo baholar va namunali xulq-atvor bilan tamomlagan.
Maktab davridan boshlab Xayriniso nafaqat a’lochi o‘quvchi, balki san’at va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan faol o'quvchi sifatida ajralib turgan. U maktabda o‘tkazilgan barcha tadbirlar, bayramlar, fan olimpiadalari hamda sport musobaqalarida muntazam ishtirok etib kelgan.
Erishilgan yutuqlari:
Hozirgi kunda Shukurova Xayriniso Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi hisoblanadi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan ’’Rektor stipendiyasi’’ sohibasiga aylandi. Kelgusida shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.