Kasaba uyushma qo‘mitasi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasi (KUQ) universitet nizomi va tashkiliy tuzilmasiga hamda boshlang‘ich tashkilot nizomiga asoslanib faoliyat olib boradi. KUQ universitet rahbariyati bilan hamkorlikda xodimlarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan Jamoa shartnomasi asosida ish olib boradi. Mazkur shartnomaning barcha bandlari muntazam ravishda nazoratga olinadi va amaliyotga joriy etiladi.
Kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi:
Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy maqsad va vazifalari:
Kasaba uyushmaning bosh maqsadi – a’zolarning mehnat huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy holati, ma’naviy-madaniy rivojlanishi, intellektual va huquqiy manfaatlarini himoya qilishdir.
KUQ faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
KUQ o‘z faoliyatini ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida universitet ma’muriyati bilan hamkorlikda olib boradi.
Shuningdek, qo‘mita O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, barcha oliy ta’lim muassasalari kasaba uyushmalari, respublikamizdagi teatr, san’at saroylari, sport inshootlari, sanatoriylar, dam olish maskanlari hamda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari bilan doimiy hamkorlik qilib kelmoqda.