Rektor stipendiyasi sohibi - Xayrullayev Azamat Ismatullayevich

Rektor stipendiyasi sohibi - Xayrullayev Azamat Ismatullayevich

  • 30.05.2025
  • 84
Blog Image

Xayrullayev Azamat Ismatullayevich 2002-yil Sarosiyo tumanida tug‘ilgan.

Sarosiyo tumanidagi 4-maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan. Tabiatan tirishqoq va intiluvchan bo‘lgan Azamat maktab davridanoq xorijiy tillarni va maktab darsliklarini yaxshi o‘zlashtirgan.

 

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

· Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Talabalarning 2024-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag’ishlangan 2-an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”sida o‘z maqolasi bilan faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan;

 

· Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;

 

· lmiy maqolalari mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan;

 

· Universitet miqyosida tashkil etilgan ma’naviy-marifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelgan.

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti iqtisodiyot yo‘nalishining 3-bosqichida tahsil olmoqda.

 

 2024-2025 o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi’’ sohibiga aylandi. Kelgusida shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.