Rektor stipendiyasi sohibasi - Jumayeva Sarvinoz Ilhombekovna

Rektor stipendiyasi sohibasi - Jumayeva Sarvinoz Ilhombekovna

  • 29.05.2025
  • 63
Blog Image

Jumayeva Sarvinoz Ilhombekovna – 2006-yil Termiz shahrida tug‘ilgan. Termiz tumanidagi 5-sonli umum ta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Tabiatan tirishqoq va intiluvchan bo‘lgan, Sarvinoz maktab davridanoq matematika fanidan olimpiadalarida hamda ko‘plab tanlovlarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallagan.

 

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

 

· Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2023-2024-o‘quv yili davomida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik tanlovida faxrli I o‘rinni egallagan;

 

· 2024-yil Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o‘tkazilgan “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan talabalar o‘rtasida milliy qadriyatlar va an’analarimizni shakllantirish maqsadida Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida tashkil etilgan “Yurtimizda-Navro‘z” mavzusidagi ko‘rik tanlovda ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan;

 

 

· 2024-2025-o‘quv yili davomida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari maqsadida Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat va shashka musobaqasida munosib ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi;

 

· 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Ustoz otangdan ulug”” nomli tadbirdagi faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi;

 

 

· Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti tomonidan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Senga sodiqmiz vatan” nomli tadbirda faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi;

 

· Mahalliy va xalqaro nashrlarda ilmiy maqolalari va tezislari chop etilgan;

 

 

· Respublika “Ilmiy innovatsion tadqiqotlar: muammolar va yechimlar” ilmiy-onlayn konferensiyasida o‘z maqolasi bilan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan;

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil olmoqda.

 

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan ’’Rektor stipendiyasi’’ sohibasiga aylandi. Kelgusida shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.