Rektor stipendiyasi sohibasi - Niyozova Shahnoza Farhod qizi

Niyozova Shahnoza Farhod qizi - 1993-yil Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Sariosiyo tumanidagi 55-sonli umum taʼlim maktabini bitirib, keyinchalik TerDU qoshidagi akademik litseyini faxirli qizil diplomi bilan tamomlagan. Tabiatan tirishqoq va intiluvchan bo‘lgan, Shahnoza maktab davridanoq turli fan olimpiadalarida hamda ko`plab tanlovlarda qatnashib, faxrli o`rinlarni egallagan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
· Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Talabalarining 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan 2-an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtiroki uchun 3-darajali diplom bilan taqdirlangan;
· Ilmiy maqolalari respublika va xalqaro nashrlarda chop etilgan;
· Expert school o`quv markazining mental arifmetika fanidan o`qituvchi (trener)larni tayyorlash kursini muvoffaqiyatli tamomlagani uchun sertifikat bilan taqdirlangan;
· Universitet miqyosida o`tkazilgan ko`plab tadbirlarda faol ishtirok etib, sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan;
· “Zakovat” intellektual o‘yinining faol qatnashchisi;
· Termiz iqtisodiyot va servis universitetida bo‘lib o‘tgan fan olimpiadalarida hamda insholar tanlovida qatnashib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
· Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti boshlang`ich ta’lim yo‘nalishining 3-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan“Rektor stipendiyasi” sohibasiga aylandi. Kelgusida shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.