Rektor stipendiyasi sohibi - Odiljonov Ozodbek Odiljonovich

Rektor stipendiyasi sohibi - Odiljonov Ozodbek Odiljonovich

  • 26.05.2025
  • 106
Blog Image

Odiljonov Ozodbek Odiljonovich – 2005-yil Uzun tumanida tug'ilgan. 2023-yil Uzun tumanidagi 4-Ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan. Tuman miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab fan olimpiadalarida faol ishtirok etgan.

 

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

 

· 2024-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari”da o‘z ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etgan;

 

· Joriy yilda universitetimizda o’tkazilgan “Eksperimental va fundamental tibbiyotning zamonaviy yutuqlari va istiqbollari” mavzusida bo’lib o’tgan talabalarning ilmiy-amaliy konferensiyasida “Yosh tadqiqotchi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi;

 

· Joriy yilda universitetimizda o’tkazilgan “Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari” nomli 2 kunlik respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida o’z maqolalari bilan faol ishtirok etdi;

 

 

· Buxoro davlat tibbiyot institutida “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – uchinchi renessansgacha» nomli V Xalqaro talabalar fan olimpiadasida faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

 

· 15 ta ilmiy maqolasi xalqaro jurnallarda chop etilgan;

 

· 2 ta elektron dasturiy ta'minot guvohnomasi (DGU) chop ettirishga erishdi;

 

· Ko‘plab xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi;

 

· Tibbiyot fakulteti Yoshlar yetakchisi;

 

· Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Talabalar kengashi a'zosi;

 

· O‘qish davrida Turkiya davlatidagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tajriba oshirib kelgan;

 

 

· “Zakovat” intellaktual o‘yinining faol ishtirokchisi;

 

· Universitet miqyosida tashkil etilgan tadbir va tanlovlarda faol qatnashib, ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Tibbiyot fakulteti, davolash ishi yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil olmoqda.

 

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibiga aylandi. Kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.