Rektor stipendiyasi sohibasi - Abdujabborova Dinora

Abdujabborova Dinora - 2005-yil Surxondaryo viloyati Angor tumanida tug‘ilgan. Angor tumanidagi 14-umum ta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlagan. Tabiatan tirishqoq va intiluvchan bo‘lgan Dinora maktab davrlaridan ko‘plab fan olimpiadalarida ishtirok etgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari.
· 2023-2024-yil Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tashkil etilgan Zakovat intelektual o‘yinida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan;
· 2025-yil aprel oyida jamiyatimizda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va kitobxon millatni shakllantirish maqsadida “Kitobxon millat” tanlovida faol ishtirok etgan;
· 2025-yil “Ilm fan va innovatsiya” Respublika ilmiy amaliy konferensiyasida o‘zining mualliflik tezisi bilan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan;
· 2025-yil “ Ko‘p tarmoqli ilmiy-amaliy” konferensiyada o‘zining mualliflik maqolasi bilan faol ishtirok etgan va sertifikat bilan taqdirlangan;
· O‘nga yaqin ilmiy maqolalari xalqaro va mahalliy nashrlarda chop etilgan;
· Ibrat Academy tomonidan tashkil etilgan turk tilida kursida faol qatanashgan;
· Ko‘plab diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan.
Abdijabborova Dinora hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedogogika va ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibasi. Kelgusida yurtiga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishini tilab qolamiz.