Rektor stipendiyasi sohibasi - Jumaqulova Lobar Qaxramon qizi

Jumaqulova Lobar Qaxramon qizi - 2006-yil Boysun tumanida tug‘ilgan. Boysun tumanidagi 47-sonli umumtaʼlim maktabini a’lo baholar bilan tamomlab, oltin medal bilan taqdirlangan. Maktab davridan adabiyot va sheriyatga qiziqishi blanad bo‘lgan. Viloyat miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab fan olimpiadalarida faol ishtirok etgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
• 2023-2024 – yilgi o‘quv yilida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tashkil etilgan ona tili va adabiyot fan olimpiadasida qatnashib, faxrli 3-o‘rinni egallagan;
• 2023-2024 o‘quv yilida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida oʻtkazilgan “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovida faxrli 1-o‘rinni egallagan;
• “Zakovat” intelektual o‘yinining faol ishtirokchisi;
• Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusidagi insholar ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etgan;
• Ibrat Academy tomonidan taqdim etilgan turk tili (B1) sertifikatga ega;
• Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
• Ilmiy maqolalari mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan;
• Xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.