Rektor stipendiyasi sohibasi - Mamarasulova Nigora Xusniddin qizi

Mamarasulova Nigora Xusniddin qizi - 2003-yil Termiz shahrida tug‘ilgan.Termiz shahridagi 23-sonli umum ta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlagan. Tabiatan tirishqoq va intiluvchan bo‘lgan Nigora maktab davridan rassomchilik, adabiyot va xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishi baland bo‘lgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
· 2023- “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan;
· 2024-yil O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yiligi munosabati bilan tashkil etilgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovida faol ishtirok etgani uchun sertifikat bilan taqdirlangan;
· “Zakovat” intelektual o‘yinining faol ishtirokchisi;
· Ingliz tilidan (B1) sertifikatiga ega;
· Ko’plab gazeta va jurnallarda ilmiy maqola va tezislari chop etilgan;
· ”Mirzo Ulug‘bek Vorislari” respublika tanlovida faol ishtirok etib, tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan;
· 2025-yil “Kitobxon yoshlar ligasi”onlayn tanlovining ilk mavsumida faol ishtirok etgan;
· 2025- yil Sardar Patel universiteti muzeyi, Gujarat, Hindiston, SA Creations bilan hamkorlikda Hindiston “Xalqaro yoshlar kuni” munosabati bilan “Yuva” onlayn viktorinasida quiz testlarini bajarib, xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgan;
· 2025- yilda “Kitobxon millat” onlayn tanlovining ilk mavsumida ishtirok etgan;
· 2025- yil Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavvalludining 689 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Sohibqiron” onlayn viktorinasida faol ishtirok etgan;
· 2025-yil “Ilmiy tadqiqot va startuplar” forumida o‘z loyihasi bilan faol ishtirok etgan;
· 2025- yil Finlandiya konferensiyasi bilan hamkorlikdagi "Ta’limdagi muvaffaqiyatlari uchun" nomi ostidagi ilmiy kechada o’z ilmiy maqolasi bilan faol ishtirk etgan;
· Ko‘plab xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi;
· Universitet miqyosida tashkil etilgan tadbir va tanlovlarda faol qatnashib, ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishining 3-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibasiga aylandi. Kelgusida shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.