Xalqaro hamkorlik aloqalari

Xalqaro hamkorlik aloqalari

  • 17.07.2026
  • 37
Blog Image

 

TISUda xalqaro ta'lim sari yangi imkoniyat!

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida (TISU) NCUK International Foundation Year (IFY) dasturi yo'lga qo'yiladi!

2026-yil sentyabr oyidan boshlab ushbu xalqaro tayyorlov dasturi o'z faoliyatini boshlaydi.

NCUK International Foundation Year (IFY) — bu xorijning nufuzli universitetlarida tahsil olishni istagan talabalar uchun ishonchli va tan olingan xalqaro ta'lim yo'lidir.

Dastur sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

1.Dunyoning ko'plab yetakchi universitetlari tomonidan tan olingan xalqaro sertifikat

2.Xalqaro akademik muhit va zamonaviy ta'lim tizimiga moslashish

3.Tajribali professor-o'qituvchilar tomonidan akademik va metodik qo'llab-quvvatlash

4.Dastur talablarini muvaffaqiyatli bajargan bitiruvchilar uchun NCUK hamkor universitetlarida o'qishni davom ettirish imkoniyati

Ushbu dastur TISU talabalariga xalqaro ta'lim eshiklarini ochish va kelajakdagi muvaffaqiyatli karyera uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.

2026-yil sentyabr qabuli uchun hujjatlaringizni topshiring!

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun TISU Xalqaro qabul bo'limi bilan bog'laning.

 

Haftalik top yangiliklar

Qabul davom etmoqda
  • 15-07-2026
Ilmiy yutuqlar
  • 14-07-2026
Xalqaro hamkorlik aloqalari
  • 17-07-2026