TISU TALABALARI UCHUN XALQARO LIDERLIK DASTURI!

TISU TALABALARI UCHUN XALQARO LIDERLIK DASTURI!

  • 13.05.2026
  • 184
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti AQShning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Missouri State University bilan hamkorlikda xalqaro liderlik amaliyot dasturini e’lon qiladi.

 

Mazkur dastur ingliz tilini rivojlantirish, xalqaro tajriba orttirish hamda liderlik ko‘nikmalarini mustahkamlashni istagan talabalar uchun mo‘ljallangan.

 

Dastur muddati:
2026-yil 8-iyuldan 23-iyulgacha (16 kun)

 

Dastur manzili:
AQSh, Missouri State University

 

Dastur davomida ishtirokchilar:
— intensiv ingliz tili muhitida tahsil oladilar;
— xalqaro tajriba orttiradilar;
— Amerika universitet muhiti va madaniy hayoti bilan tanishadilar;
— liderlik va professional muloqot bo‘yicha amaliy treninglarda qatnashadilar;
— liderlik qobiliyatlarini real muhitda rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Saralash talablari:
— kamida B2 darajadagi ingliz tili sertifikati;
— yuqori GPA ko‘rsatkichlari;
— kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bo‘lish;
— bakalavriatning 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari;
— magistraturaning 1-kurs talabalari (barcha yo‘nalishlar).

 

Suhbat sanasi:
14.05.2026
Soat: 10:00–12:00
Manzil: 318-xona

Murojaat uchun:
EDU HUB, 315-xona