TURKIYADA TO‘LIQ GRANT ASOSIDA ALMASHINUV DASTURIDA TA’LIM OLING!
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari uchun ajoyib imkoniyat!
Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Niğde Ömer Halisdemir University (NOHU) hamda YTB tashkiloti hamkorligida yangi talaba almashinuv dasturi yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur dastur orqali talabalar bir semestr yoki bir o‘quv yili davomida Turkiyada bepul tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Grant doirasida quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
— Borish va qaytish avia chiptalari;
— Bepul yotoqxona;
— Oylik stipendiya:
• bakalavriat talabalari uchun — 5 000 TL;
• magistratura talabalari uchun — 7 000 TL.
Dastur talablari:
— TISU bakalavriat yoki magistratura talabasi bo‘lish;
— Ingliz yoki turk tilini kamida B1 darajada bilish;
— Barcha ta’lim yo‘nalishlari qabul qilinadi (tibbiyot va stomatologiya yo‘nalishlaridan tashqari).
Suhbat sanasi:
12.05.2026
Soat: 10:00–12:00
Manzil: 703-xona
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
TISU Xalqaro aloqalar bo‘limi, 421-xona