Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovi uchun hujjatlar qabuli boshlandi!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 5-maydagi 182-sonli buyrug‘iga asosan Prezident va nomdor davlat stipendiyalari tanlovi yo‘nalishlari tasdiqlandi.
Nomdor davlat stipendiyalari universitetning bakalavriat bosqichi oxirgi 2-bosqichida tahsil olayotgan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyatda faol ishtirok etayotgan talabalar uchun ajratiladi.
Talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi asosan “a’lo” bo‘lishi, “yaxshi” baholari esa umumiy fanlarning 25 foizidan oshmasligi lozim.
Quyidagi davlat stipendiyalari uchun hujjatlar qabul qilinadi:
Hujjatlar 2026-yilning 15-iyul sanasigacha universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘limining 221-xonasida qabul qilinadi.