TISU va NCUK qo‘shma dasturi

TISU va NCUK qo‘shma dasturi

  • 24.03.2026
  • 358
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda xalqaro miqyosda tan olingan Northern Consortium of UK Universities (NCUK) tashkiloti bilan hamkorlikda yangi qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.

 

Mazkur hamkorlik talabalarga xalqaro standartlarga mos tayyorgarlik dasturi orqali dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.

 

Dastur doirasida talabalar quyidagi davlatlardagi nufuzli universitetlarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:

  • Amerika Qo‘shma Shtatlari;
  •  Buyuk Britaniya; 
  •  Kanada;
  • Avstraliya; 
  • Yangi Zelandiya.

 

NCUK dasturlari bugungi kunda 70 dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan bo‘lib, ular orasida jahonning TOP-100 va TOP-200 universitetlari ham mavjud.Ushbu qo’shma diplom dasturi xalqaro pathway (tayyorlov) modeli asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarning xorijiy universitetlarga muvaffaqiyatli kirishini ta’minlashga qaratilgan.

 

Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  •  Akademik fanlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan tayyorgarlik; 
  •  Ingliz tili va akademik ko‘nikmalarni rivojlantirish; 
  •   Universitetga moslashuv va o‘qishga tayyorlash; 
  •  Aniq va kafolatlangan progression yo‘l.

 

Dastur muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng, talabalar tanlangan yo‘nalish bo‘yicha xorijiy universitetlarda o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Dastur haqida batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali o‘ting:

 https://alvispathway.com/tues-program/

 

Ma'lumot uchun: Northern Consortium of UK Universities (NCUK) — bu Buyuk Britaniyada tashkil etilgan xalqaro ta’lim konsorsiumi bo‘lib, u dunyo bo‘ylab talabalarni yetakchi universitetlarga tayyorlash va ularga kirish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. NCUK 1987-yil Buyuk Britaniyada tashkil etilgan. Maqsadi: xalqaro talabalarni yuqori darajadagi akademik tayyorgarlik orqali nufuzli universitetlarga yo‘naltirish.