“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi

“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi

  • 16.03.2026
  • 189
Blog Image

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan talaba-yoshlarni Vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda harbiy-amaliy sport turlarini ommalashtirish maqsadida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi tashkil etilmoqda.

 

 Musobaqada kunduzgi, sirtqi va magistratura ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘g‘il va qiz talabalar ishtirok etishlari mumkin.

 

 Universitet bosqichi:

  • 26-mart kuni
  •  Soat 09:00 da
  • Termiz olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi binosida bo'lib o'tadi.

 

Musobaqa yakka tartibda o‘tkaziladi. Universitet bosqichi yakunlariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 7 nafar ishtirokchi keyingi viloyat bosqichiga yo‘llanma oladi:

  • 5 nafar asosiy ishtirokchi (4 nafar o‘g‘il bola va 1 nafar qiz bola)
  • 2 nafar zaxira ishtirokchi (1 nafar o‘g‘il bola va 1 nafar qiz bola)

 

Musobaqa 3 bosqichda tashkil etiladi:

  • 1-bosqich – Oliy ta’lim muassasasining ichki (fakultetlararo) saralash bosqichi (30-martga qadar)
  • 2-bosqich – Hududiy saralash bosqichi (aprel–may oylarida)
  •  3-bosqich – Respublika bosqichi (may–iyun oylarida)

 

Mukofotlar:
Hududiy bosqich g‘oliblari faxriy yorliq va moddiy rag‘bat bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi g‘oliblari esa I, II va III darajali diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi:

1-o‘rin — 5 ta noutbuk
2-o‘rin — 5 ta planshet
3-o‘rin — 5 ta televizor

 

Barcha sportga qiziqadigan va faol talaba-yoshlarni “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!