Bitiruvchilar uchun yangi imkoniyat!
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 14-fevralda yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “O‘zmilliybank” AJning oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashtirilishiga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi.
“Kelajakka qadam” dasturi aynan yoshlarning kelajagini mustahkamlash, ularni kasbga yo‘naltirish va o‘z biznesini boshlashga ko‘maklashish uchun ishlab chiqildi. Bu oddiy loyiha emas. Unda yoshlarning orzulari haqiqatga aylanadi. Ular uchun innovatsion imkoniyatlar eshigi ochiladi Bu dastur orqali bitiruvchilar endi faqatgina diplom bilan qolib ketmaydi, balki o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topish, tajriba orttirish, hattoki o‘z biznesini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Dastur qanday imkoniyatlar yaratadi?
“Kelajakka qadam” yurtimiz rivojiga turtki bo‘ladi. Bu dastur faqat yoshlar uchun emas, balki butun mamlakat iqtisodiyoti uchun ham katta ahamiyatga ega. Qanday qilib?
Tasavvur qiladigan bo‘lsak, siz ushbu dastur orqali o‘z kelajagingizni qurmoqdasiz. Sizda ajoyib biznes g‘oya bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsiz. Dastur sizni mutaxassislar, moliyaviy ko‘mak, zaruriy resurslar bilan ta’minlaydi. Yoki siz o‘qishni tugatdingiz, lekin tajribangiz yo‘q “Kelajakka qadam” sizga ish beruvchilar bilan bog‘lanish, ishlab chiqarish ob’ektlarida amaliyot o‘tash, kasbiy kurslarda qatnashish imkoniyatini beradi.
“Kelajakka qadam” – bu shunchaki loyiha emas, bu yoshlarning orzularini haqiqatga aylantirish dasturi. Endi o‘qish tugadi, nima qilishim kerak, degan savol yo‘q. Endi har bir yoshning aniq yo‘nalishi, rejasi va imkoniyati bor.


Batafsil ma’lumot: 1344 / (78) 148 00 0 10;