TISU MAKTAB BITURUVCHILARI UCHUN 5 MILLIARD SO‘MLIK GRANT E'LON QILADI

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamkorligida 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida uch bosqichli fan olimpiadasi o‘tkaziladi.
Fan olimpiadasi quyidagi yo‘nalishlarda test sinovi asosida bo‘lib o‘tadi:
1. Matematika
2. Ingliz tili
3. Rus tili
4. O‘zbek tili va adabiyoti
5. Tarix
6. Kimyo va biologiya
7. Informatika
1.Maktab bosqichi — 1-10-may kunlari
Umumta’lim maktablarining ichki-tartib qoidalari asosida tashkil etiladi.
2.Tuman, shahar bosqichi — 12-16-may kunlari
12-may – matematika, informatika
13-may – ingliz va rus tili
14-may – o‘zbek tili va adabiyoti
15-may – tarix
16-may – kimyo-biologiya fanlari bo‘yicha olimpiada o‘tkaziladi.
3.Viloyat bosqichi — 21-may kuni universitetning asosiy binosida bo‘lib o‘tadi.
SOVRINLAR:
Tuman bosqichida 1-o‘rinni olgan barcha o‘quvchilar 50% grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Viloyat bosqichida
1-o‘rin – 12 mln. so‘m va 100% grant
2-o‘rin – 9 mln. so‘m 100% grant
3-o‘rin – 7 mln. so‘m 100% grant
Viloyat bosqichida o‘quvchisi g‘olib bo‘lgan o‘qituvchi va maktab direktorlari quyidagicha taqdirlanadi:
1️⃣-o‘rin uchun o‘qituvchi – 5 mln. so‘m, maktab direktori - 7 mln. so‘m,
2️⃣-o‘rin uchun o‘qituvchi – 3 mln. so‘m, maktab direktori - 6 mln. so‘m,
3️⃣-o‘rin uchun o‘qituvchi – 2 mln. so‘m, maktab direktori - 5 mln. so‘m,
O‘quvchilari eng ko‘p o‘rin olgan tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlari ham taqdirlanadi:
1️⃣-o‘rin – 50 mln. so‘m,
2️⃣-o‘rin – 30 mln. so‘m,
3️⃣-o‘rin – 15 mln. so‘m.
Mazkur fan olimpiadasida ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar
+99855-452-77-77
+99895-412-07-07 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.